AQSH Isroilda qancha fuqarosi nobud bo‘lganini ma’lum qildi

Olam

image

Falastin-Isroil mojarosining avj olishi natijasida 30 nafar AQSH fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi. 

"Ayni paytda biz kamida 30 amerikalik fuqaroning o‘limini tasdiqlashimiz mumkin", deyiladi rasmiy bayonotda. 

Unga ko‘ra, hozirda 13 nafar amerikalik bedarak yo‘qolgan bo‘lib, AQSH rasmiylari "ularning yashash joylarini aniqlash uchun kecha-yu kunduz ishlamoqda va garovga olinganlar bo‘yicha Isroil hukumati bilan hamkorlik qilmoqda".

Davlat departamentining aniqlik kiritishicha, garovga olinganlarni ozod qilish bilan bog‘liq Isroil bilan hamkorlik  "razvedka ma’lumotlarini almashish va AQSHdan mojaro hududiga ekspertlarni yuborish"ni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq, Isroil G‘azo sektorida qanday quroldan foydalanayotgani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Davlat departamenti G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing