AQSH Iroq va Afg‘onistondagi harbiylari sonini kamaytirdi

Olam

image

AQSHning Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy kontingenti sonini 2,5 mingtagacha kamaytirdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Associated Press” agentligi.

“Bugungi kunda AQSHning Afg‘onistondagi harbiylari soni 2,5 ming kishini tashkil etmoqda. Ushbu qisqarish Prezident Trampning qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgani to‘g‘risida 17 noyabr kuni ma’lum qilgandim. Shu bilan birga, AQSH kuchlarining mamlakatdagi darajasi 2001 yildan buyon eng kam ko‘rsatkchga yetdi”, degan Pentagon rahbari Kristofer Miller.

Millerning ta’kidlashicha, mamlakatda qolgan harbiylar Afg‘onistondagi ekstremistik guruhlarga qarshi harakatlarni davom ettirish va mahalliy hukumat kuchlarini o‘qitish uchun yetarli hisoblanadi.

Afg‘onistondagi Amerika kontingentining qisqartirilishi haqida 2020 yil sentyabrda AQSH Prezidenti Donald Tramp ham ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing