AQSH ikkiyuzlamachiligini oshkor qildi – Xomanaiy

Olam

image

Eron Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSHni BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida davom etayotgan qirg‘inni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasiga yana veto qo‘yishi ortidan AQSHni qoralab chiqdi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Eronning "Press TV" nashri ma’lum qildi.

"G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish talabi bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga AQSHning uchinchi vetosi G‘arb sivilizatsiyasining inson huquqlari haqidagi da’volarining yolg‘onligi va G‘azo masalasida ularning ikkiyuzlamachiligini oshkor qildi", degan Oliy rahnamo.

U Eronda asl jinoyatchining qatl etilishini qoralab, shov-shuv ko‘tarayotgan g‘arbliklar G‘azoda 30 ming begunoh odamning o‘ldirilganiga ko‘z yumayotgani va AQSH G‘azoni bombardimon qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga veto qo‘yish orqali bu vahshiylik tegirmoniga suv qo‘yayotganini ta’kidlagan.

"Bu G‘arb madaniyati va sivilizatsiyasi, liberal demokratiyaning haqiqiy yuzi. Sirtida tabassum bilan jilmayib turgan siyosatchilarning ichida quturgan it va qonxo‘r bo‘rilar yashaydi", deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Eron yetakchisi ayrim musulmon davlatlarini Isroil bilan savdo qilayotganlikda ayblagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Homanaiy ikkiyuzlamachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing