AQSH Ichki ishlar vaziri koronavirusga chalindi
Olam
−
17 dekabr 2020 3093 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ichki ishlar vaziri Devid Bernxardt COVID-19 virusini yuqtirib oldi. Bu haqda “Reuters” vazirlikning rasmiy vakili Nikolas Gudvinga asoslanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 dekabr kuni Bernxardt topshirgan koronavirus testi ijobiy chiqqan. Ichki ishlar vazirida kasallik alomatlari yo‘q bo‘lgan va u o‘zini izolyatsiya qilishda davom etgan.
“Washington post” gazetasiga ko‘ra, 51 yoshli Bernxardt AQSH Prezidenti Donald Tramp 16 dekabr kuni Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan oldin ham koronavirusga test topshirgan va ijobiy javob olgan. Shuning uchun Vazir yig‘ilishda qatnashmagan.
Live
Barchasi