AQSH fuqarolarini Livandan evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda – NBC

Olam

image

AQSH Qurolli kuchlari o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish maqsadida Livan chegaralariga yaqin kelmoqda. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi qarshilik kuchayib borayotgani tufayli Pentagon AQSH harbiy kuchlarini Isroil va Livanga yaqinroq ko‘chirib, o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda.

NBC manbalariga ko‘ra, AQSH ehtimoliy evakuatsiya va “koalitsion harbiy operatsiyalar”ni boshqarish maqsadida Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bundan avvalroq, AQSH Davlat departamentining rasmiy vakili Mettyu Miller AQSH hozircha amerikaliklarni evakuatsiya qilish rejasini e’lon qilish yoki o‘z fuqarolariga davlatni tark etishni tavsiya qilmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.

Iyun oyining o‘rtalarida Isroil Livanga hujum qilish rejasini tasdiqlagandi. Hozirda Isroil “Hizbulloh” raketa otishmalari tufayli uyini tark etgan 60 ming isroilliklarning ortga qaytishi uchun chegarada 16 kilometrli bufer zonasi tashkil qilishni mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Isroil Livanni nishonga olayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Mavluda Satiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

evakuatsiya Livan AQSh Qurolli kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing