AQSH Fors ko‘rfazidagi o‘rnini Xitoyga boy bermoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari uglevodorodlarga to‘la Fors ko‘rfazidagi o‘z o‘rnini Xitoyga boy bermoqda. Bu haqda Germaniyaning “Junge Welt” gazetasi yozdi.

Nashrning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni, BAA va mintaqaning boshqa arab davlatlari tashqi siyosatini sezilarli darajada faollashtirish niyatida. Ular yaqinda sherikchilik qilish uchun yangi hamkorlar qidirmoqda. Ayniqsa Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan raqobatlashishga e’tibor qaratishga qaror qilganidan keyin arab davlatlarining bu harakatlari yanada kuchaydi.

Ta’kidlanishicha, Ar-Riyod va Abu-Dabi ertami-kechmi Vashingtonning faol ko‘magisiz Eronga mustaqil ravishda qarshi turishga majbur bo‘lishini tushunadi. Shuning uchun ular Yaqin Sharq mintaqasida o‘zining siyosiy va iqtisodiy ta’sirini faol ravishda targ‘ib qilayotgan Pekin bilan munosabatlarni o‘rnatmoqda.

Vashington o‘z faolligini pasaytirgan joyda Pekin darhol harakat qila boshlaydi. Bu AQSHning Fors ko‘rfazi hududidagi bahssiz gegemonligiga barham topayotganidan va tarixiy miqyosda kuchlar muvozanatining o‘zgarganidan dalolat beradi.

XXR Raisi Si Szinpin Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi bilan kelganida Pekin Ar-Riyod bilan munosabatlarni rivojlantirishni Yaqin Sharqdagi diplomatiyasida ustuvor vazifa sifatida qo‘yishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Xitoy Qirollik bilan neft savdosi ko‘lamini oshirishga va energetika sohasida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing