AQSH Finlyandiyada harbiy baza ochishga tayyorlanmoqda
Olam
−
02 may 2023
5299Finlyandiya va AQSH mamlakatda Amerika harbiy bazalarini joylashtirishga ruxsat beruvchi ikki tomonlama kelishuv tayyorlamoqda. Bu haqda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mikael Antellga tayanib, “Helsingin Sanomat” gazetasiga xabar berdi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuvning barcha tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan bo‘lsada, u yadro quroliga taalluqli emasligi aytilmoqda.
“Kelishuv AQSH Kongressi tomonidan Pentagonga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shinlarga mamlakatga kirish, uning hududida qolish, materiallarni joylashtirish va saqlash hamda infratuzilmaga sarmoya kiritish imkonini beradi”, degan Mikayel Antell.
Aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar NATOning boshqa davlatlari bilan ham xuddi shunday kelishuvlarga ega.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprelida Finlyandiya NATOga 31-a’zosi sifatida qabul qilingan edi. Keyinchalik Finlyandiya Rossiya bilan chegarasidagi devorning 75 kilometrlik qismini qurishni boshladi.
LiveBarchasi