AQSH Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbariga viza bermadi
Sport
−
12 iyun 2225 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari Jibril Rajubga mamlakat hududida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchrashuvlariga tashrif buyurish uchun viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda Rajubga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari unga AQSH vizasi berilmaganini tasdiqlagan. Mexiko shahrida bo‘lib o‘tgan Meksika – Janubiy Afrika uchrashuvini tomosha qilgan Rajub Vashingtonning mazkur qarorini adolatsiz deb baholagan.
Rajub uzoq yillar davomida Isroilning G‘arbiy Sohildagi aholi punktlari jamoalarini mamlakat milliy chempionatiga qo‘shishiliga qarshi chiqib kelgan. U buni xalqaro futbol qoidalari buzilishi sifatida baholagan. Shuningdek, u FIFA’ni Isroilga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga chaqirgan. Shu sababli, unga viza berilmagani taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati kecha, 11 iyun kuni Mexiko shahrida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan start oldi. Turnir o‘yinlari AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi