AQSH F-16 samolyotlarida ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Vashington ukrainalik uchuvchilarni to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyotlarida, jumladan F-16 samolyotlarida o‘qitish bo‘yicha ittifoqchi tashabbusda ishtirok etishga rozi bo‘ldi. Buni Xirosimadagi G7 sammitida AQSH Prezidenti Jo Bayden tasdiqladi. Bu hadqa Oq uyning ismi oshkor etilmagan yuqori martabali mulozimiga tayanib, Amerikaning CNN telekanali xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar katta ehtimol bilan faqat Yevropada bo‘lib o‘tadi, biroq unda AQSH mutaxassislari yevropalik ittifoqchilar va hamkorlar bilan birga qatnashadi. 

Shuningdek, Bayden ma’muriyati so‘nggi haftalarda yevropaliklarga AQSH F-16 qiruvchi samolyotlarini Yevropadan Ukrainaga o‘tkazishga ruxsat berishi haqida ishora qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH ukrainalik uchuvchilarga F-16 qiruvchi samolyotlarida mashg‘ulot o‘tashga ruxsat bermayotgan edi. AQSHning Yevropadagi hamkorlariga ukrainalik uchuvchilarni faqat samolyotning texnik tili bilan tanishtirishga va taktika darslarini o‘tkazishga ruxsat berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh F-16 samolyotlari ukrainalik uchuvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing