AQSH esminetslarini gipertovushli raketalar bilan kuchaytirmoqchi
Olam
−
22 Oktabr 2020
5833AQSH harbiy-dengiz kuchlari barcha esminetslarni gipertovushli raketalar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Defense News AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayenga asoslanib xabar berdi.
“Ushbu imkoniyat avval Virjiniya turidagi so‘nggi suvosti kemalari va Zamvalt turidagi esminetslarimizga o‘rnatiladi. Keyinchalik, Arli Berk turi kabi uch seriyadagi esminetslar ham shunday imkoniyatga ega bo‘ladi”, dedi Robert O’Brayen Meyndagi Portsmut dengiz kemalari zavodida.
Oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Mudofaa vaziri Mark Esper Pentagon 2023 yilgacha armiyaga gipertovushli qurol yetkazib berishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi.
Ayni paytda AQSH bir nechta gipertovushli raketalar ustida izlanish olib bormoqda. Pentagon bu borada Rossiya va Xitoydan ortda qolganini tan olib bo‘lgan.
AQSH Kongressi Tadqiqot xizmatining “Gipertovushli qurollar: tarix va muammolarʼʼ hisobotida ta’kidlanishicha, Amerikaning istiqbolli gipertovushli raketalari yadroviy bo‘lmasligi hisobiga raketaning nishonni aniq urish darajasiga ko‘proq urg‘u beriladi.
Qayd etish kerakki, AQSH Prezidenti Donald Tramp omma oldidagi nutqlarida ko‘p bor mamlakati Rossiya va Xitoyda yo‘q qurolga ega ekanini aytib kelyapti. Ammo u qurol qayerda, qanday qudratga ega noma’lum. Bu borada u ma’lumot bermagan.
LiveBarchasi