AQSH aybdor – Putin gipertovushli qurol ishlab chiqarilishi haqida so‘zlab berdi
Olam
−
19 Sentabr 2020
17255AQSHning 2002 yilda Raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha shartnomadan chiqishi Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqarishga kirishishga majbur qilgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ilk bor dunyoda misli yo‘q qurolga egalik qiladi. Ammo ko‘p yillar davomida RF qurollanish borasida raqobatchi davlatlarini quvib yuruvchi rolida bo‘lgan.
Davlat rahbari yetuk konstruktor, “Mashinasozlik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” harbiy-sanoat korporatsiyasining fan bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Yefremov bilan videokonferensiya vaqtida ta’kidlashicha, Rossiyaning ortda qolishi atom, yadro qurollari, uzoq masaofaga uchuvchi strategik aviatsiya, shuningdek, qit’alararo ballistik raketalar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Sodir bo‘lgan voqealar dunyodagi strategik balansni buzdi, shuningdek, boshqa rivojlangan davlatlardan tahdidlar qabul qilib olgan Rossiyani xavfli vaziyatda qoldirdi.
“Rossiya bizning yangi tariximizda ilk bor zamonaviy qurollarga ega. Ular kuchi, qudrati, tezligi, aniqligi bilan bizgacha bo‘lgan va hozirda mavjud qurollardan bir necha marta ustun. Bunday qurol dunyoda hech kimda yo‘q, hech bo‘lmaganda hozircha”, degan Putin.
Prezident “Peresvet” lazer majmuasi, “Kinjal” gipertovushli aviatsion raketasi, robotlashtirilgan yadroviy dvigatelga ega suvosti “Poseydon” majmuasi, cheksiz masofaga yeta oladigan “Burevestnik” qanotli raketasi, dengizda qo‘llashga mo‘ljallangan gipertovuli “Sirkon” raketasi va boshqa qurollarning muhandislari va ishlab chiqaruvchilarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
“AQSHning 2002 yilda Raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha shartnomadan chiqishi Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqarishga majbur qildi”, deb aniqlik kiritgan Putin.
Avvalroq, AQSH Prezidetni Donald Tramp Rossiya o‘zining gipertovushli qurollarini Amerikadan o‘g‘irlangan ma’lumotlar yordamida yaratganini aytib chiqqandi. U bu xatolik AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama davrida yuz berganini ta’kidlagan.
LiveBarchasi