AQSH Eronning yadroviy dasturini 2 yilga orqaga surdi – Pentagon

Olam

image

AQSHning Eron hududidagi yadroviy ob’ektlarga uyushtirilgan zarbalari mamlakat yadroviy dasturini 1-2 yilga orqaga surdi. Bu haqda Pentagon vakili Shon Parnell “Reuters” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Biz ularning dasturini 1-2 yilga orqaga surib qo‘ydik. Bu yaxshi natija bo‘ldi”, degan AQSH vakili. 
Parnellning so‘zlariga ko‘ra, bu bahoni AQSH Mudofaa vazirligi bergan va unga AQSHning ittifoqchilari ham qo‘shilmoqda.

Biroq CNN telekanali oldinroq razvedka manbalariga tayanib, AQSH zarbalari Eronning yadroviy dasturini to‘liq yo‘q qilmagani, ularning dastlabki bahosiga ko‘ra, hujum faqat Eronning atom bombasi yaratishini bir necha oygina kechiktirgani haqida yozgandi. 

Manbaga ko‘ra, AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi zarbalaridan so‘ng tahlil olib borgan va shundan keyin AQSH Mudofaa razvedkasi bu bahoni bergan.

Oq uy esa CNN e’lon qilgan bu ma’lumotlarni rad etib, bu “Prezident Donald Trampni obro‘sizlantirishga qaratilgan urinish” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH 22 iyun kuni tungi soatlarda Eronning uchta yadroviy inshootini bombardimon qilib, mojaroga bevosita qo‘shilgandi. Javob tariqasida 23 iyun kuni Eron Qatardagi AQSHning eng yirik havo bazasi – Al-Udeydga raketa hujumi uyushtirdi. AQSH rasmiylariga ko‘ra, zarbadan jiddiy talafot bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Pentagon yadroviy dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing