AQSH Eronning energetika ob’ektlariga zarbalarni 5 kunga kechiktirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehron bilan Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida mamlakat qurolli kuchlariga Eronning energetika ob’ektlariga beriladigan zarbalarni besh kunga kechiktirishni buyurdi. Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, AQSH va Eron so‘nggi ikki kun ichida “Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni to‘liq va har tomonlama hal etish” bo‘yicha “juda yaxshi va samarali muzokaralar” o‘tkazgan.

“Hafta davomida davom etadigan ushbu chuqur, batafsil va konstruktiv muzokaralarning xarakteri va ohangidan kelib chiqib, men Mudofaa vazirligiga Eron elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga beriladigan har qanday harbiy zarbalarni besh kunga kechiktirishni buyurdim”, deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni Tramp agar Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin o‘tish ta’minlanmasa, 48 soatdan keyin Eron elektr stansiyalariga zarba berish bilan tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing