AQSH Eronning ehtimoliy hujumiga tayyor – Pentagon 

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat “juda jiddiy” ekani, ammo AQSH Eronning Isroilga qarshi ehtimoliy hujumiga “tayyor” ekanini aytdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder kundalik brifingda so‘z ochdi.

U Eron shu hafta Isroilga hujum qilishi mumkinligini ta’kidladi.

“Ular qachon hujum qilishlarini bashorat qilishga yoki taxmin qilishga urinmayman, faqat shuni aytamanki, biz ehtimoliy hujumni jiddiy qabul qilishimiz kerak va shunday qilamiz. Shuning uchun biz tayyor bo‘lamiz”, deydi Rayder.

Uning aytishicha, AQSH vaziyatni yumshatish, o‘z kuchlarini himoya qilish va Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda. Rayderning ta’kidlashicha, mintaqada hech kim “qarama-qarshilik kuchayishini va mavjud vaziyat mintaqaviy mojaroga aylanib ketishini istamaydi”.

Pentagon voizining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar “kengroq mintaqaviy mojaroni to‘xtatishga, Eron o‘ch olish va potensial katta kuch ishlatish bilan tahdid qilayotgan o‘ta keskin Yaqin Sharqda mintaqaviy urushning oldini olishga va Isroilni himoya qilishga yordam berishga harakat qilmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qo‘shma Shtatlar Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurollar – 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari va 33 ming o‘q-dorilar eksportini ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pentagon Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing