AQSH Eronga nisbatan har hafta sanksiya kiritishga ahd qildi
Olam
−
09 noyabr 2020
3826AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakolat muddati tugashidan oldin har hafta Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilmoqchi. Bu Axios portali ma’lum qildi.
Nashrning ikki manbasiga ko‘ra, Vashington Isroil va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan birgalikda demokrat Jo Baydenning inauguratsiyasiga qadar qolgan 10 hafta ichida Tehronga qarshi cheklovlar “oqimini” joriy etishni rejalashtirmoqda. "Maqsad - 20 yanvarga qadar Eronga qarshi iloji boricha ko‘proq sanksiyalarni joriy etish", deya ta’kidlangan portalda. Bir qator chora-tadbirlar Eronga bosimni kuchaytiradi va Bayden ma’muriyati Eron yadro kelishuviga qaytishga qaror qilsa, unga to‘siqlar yaratadi.
Ma’lum qilinishicha, AQSHning Eron bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams Isroilga keldi va u yerda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Meir Ben Shabat bilan uchrashib, sanksiyalar rejasini muhokama qildi. Elliot Abrams yaqin kunlarda Eronga nisbatan "Bayden ma’muriyatining kelajakdagi siyosatidan juda xavotirda" bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga safar qiladi.
Rejalashtirilgan sanksiyalar Eron yadro dasturi bilan bog‘liq emasligi aniqlandi, chunki u Bayden ma’muriyati tomonidan bekor qilinishi mumkin. Cheklovlar Eronning ballistik raketa dasturiga, terroristik tashkilotlarga yordamga va bu mamlakatda inson huquqlarini buzilishiga nisbatan qo‘llaniladi.
LiveBarchasi