AQSH Eronga katta miqdorda investitsiya kirishiga yordam beradi
Olam
−
17 iyun 4150 3 daqiqa
AQSH va Eron o‘rtasidagi urushni yakunlash bo‘yicha kelishuv doirasida Eron iqtisodiyotiga sarmoya jalb qilish uchun 300 milliard dollarlik xususiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda kelishuv tafsilotlaridan xabardor manba “Reuters” agentligiga ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mazkur mablag‘ning yarmidan ko‘pi allaqachon investorlar tomonidan ajratish uchun va’da qilingan. Jamg‘arma ikki tomon uchun ham yakuniy tinchlik kelishuvini imzolashga iqtisodiy rag‘bat yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.
Manbaning bildirishicha, jamg‘arma to‘liq xususiy sektor mablag‘laridan shakllantiriladi. Unda hech qanday davlat mablag‘i, grant yoki kompensatsiya pullari bo‘lmaydi. Moliyalashtirishga AQSH, Fors ko‘rfazi davlatlari, Osiyo, Janubiy Amerika va Afrikadagi kompaniyalar rozilik bildirgan. Sarmoyalar energetika, logistika, sanoat ishlab chiqarishi va transport sohalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Eron dastlab AQSHdan urush oqibatida yetkazilgan zarar uchun 400 milliard dollar kompensatsiya talab qilgan. Biroq Vashington bu talabni rad etgan. Shundan keyin “Tiklanish va rivojlanish jamg‘armasi” g‘oyasi paydo bo‘lgan.
Eronlik yuqori martabali manbaning aytishicha, jamg‘arma faoliyatida mintaqa davlatlari ham ishtirok etadi. Ular kredit liniyalari ochish, qarzlar bo‘yicha kafolat berish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish orqali urushdan zarar ko‘rgan ob’ektlarni tiklashga hissa qo‘shadi. Tiklanishi rejalashtirilgan ob’ektlar qatorida “Muboraka Stil” metallurgiya majmuasi, neftni qayta ishlash zavodlari, aeroportlar va boshqa infratuzilma ob’ektlari bor.
Ma’lumot uchun, 92 milliondan ortiq aholiga ega Eron Yaqin Sharqning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri sanaladi. Mamlakat dunyodagi ikkinchi yirik tabiiy gaz zaxirasi va to‘rtinchi yirik neft zaxirasiga ega. Biroq so‘nggi qirq yil davomida xalqaro sanksiyalar tufayli mamlakatga yirik xorijiy investitsiyalar deyarli kirib kelmagan.
Manbaga ko‘ra, yangi investitsiya jamg‘armasi AQSH sanksiyalarini bekor qilish yoki xorijda muzlatilgan Eron aktivlarini qaytarish bo‘yicha muzokaralardan mutlaqo alohida mexanizm hisoblanadi. Jamg‘arma darhol ish boshlamaydi. U faqat tomonlar o‘rtasida yakuniy tinchlik kelishuvi imzolanganidan keyin rasman tashkil etiladi.
Joriy yilning 19 iyun kuni Shveysariyada imzolanadigan anglashuv memorandumi keyingi 60 kun davomida muzokaralar jarayonini belgilab beradi. Shu vaqt ichida jamg‘arma ma’murlari Eron hukumati va investorlar bilan hamkorlikda aniq loyihalarni shakllantiradi.
Oq uy vakili AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning CBS telekanaliga bergan intervyusiga ishora qilgan. Unda Vens Eron Vashington bilan kelishuv shartlariga rioya qilsa, jumladan, yadroviy dasturini tugatsa, boyitilgan materiallar zaxirasidan voz kechsa va qat’iy xalqaro nazoratga rozi bo‘lsa, 300 milliard dollarlik tiklanish jamg‘armasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishini aytgan.
Manba jamg‘arma kim tomonidan boshqarilishi hozircha aniqlashtirilmaganini bildirgan. Biroq Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Malayziya va AQSH kompaniyalari sarmoya kiritish majburiyatini olgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushni to‘xtatishga qaratilgan dastlabki kelishuv allaqachon imzolanganini ma’lum qilgandi.

Live
Barchasi