AQSH Eronga qarshi sanksiyalarini yangiladi

Olam

image

AQSH Eronning raketa va harbiy samolyotlarini ishlab chiqarishga aloqador firma va shaxslarga nisbatan sanksiyalarini yangiladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp ma’muriyati Eronga yadroviy majburiyatlarini bajarmagani uchun Tehronning yadroviy dasturi, ballistik raketalar va harbiy samolyotlar dasturlarini qo‘llab-quvvatlovchi va qurol-yarog‘ xarid qilish tarmoqlariga aloqador bir qator kompaniyalar, 44 nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiya e’lon qilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, AQSH 2004 yilgacha yadroviy qurol dasturining davomchisi hisoblangan Eronning Mudofaa innovatsiyalar va tadqiqotlar tashkilotiga aloqador besh nafar shaxs va bir tashkilotga nisbatan ham sanksiya kiritgan.

“AQSH Prezidenti Donald Tramp Milliy xavfsizlik bo‘yicha 2-memorandumida aniq ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlar Eronni yadroviy qurolga olib boradigan barcha yo‘llarga to‘sqinlik qila oladi. Tehronning yadroviy qurollarni tarqatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan har qanday kompaniya va shaxslarga nisbatan sanksiya joriy etishdan chekinmaymiz. Yangi sanksiyalar Eronning yadroviy, raketa va harbiy dasturlari bilan bog‘liq 44 ta sub’ektni nishonga oladi”, deydi AQSH Davlat kotibi Marko Rubio.

Qayd etish joiz, sanksiyalardan bir necha kun avval Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishdan bosh tortganini ma’lum qilgan. Bunga javoban joriy yilning 27 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Eronga qarshi sanksiyalar o‘n yillik tanaffusdan so‘ng tiklanganini e’lon qilgan. Sanksiyalar qurol embargosi, uranni boyitish va qayta ishlashni taqiqlash, ballistik raketa faoliyatini cheklash, xorijiy uran loyihalarida ulushlarni qo‘lga kiritishni taqiqlash, o‘nlab Eron jismoniy va yuridik shaxslarining aktivlarini muzlatish, Eron rasmiylarining sayohatlarini taqiqlash va yadroviy dastur uchun materiallar yetkazib berishni cheklashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi BMT sanksiyalarining qayta tiklanishi ortidan bayonot berib, Eron xalqining manfaatlari va huquqlariga zarar yetkazishga qaratilgan har qanday urinishlarga javob qaytarilishini bildirgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron sanktsiya Tramp Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing