AQSH Eronga aloqador nishonlarga yangi zarbalar bermoqchi

Olam

image

AQSH Yaqin Sharqdagi Eronga aloqador kuchlarga yangi zarbalar berish niyatida. Bu haqda mamlakat Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan NBC News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi

"Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlarga qarshi qo‘shimcha zarbalar berish niyatida", deydi Sallivan.

Biroq, u ushbu zarbalar HAMAC tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar masalasi bilan bog‘liq emasligini bildirgan.

Sallivanning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar garovga olinganlarni, shu jumladan Amerika fuqarolarini ozod qilishni va gumanitar pauzani ta’minlaydigan kelishuvga erishish juda muhim, deb hisoblaydi.

“Juma kuni sodir bo‘lgan voqea bizning reaksiyamizning oxiri emas edi, bu yangi qadamlarning boshlanishi”, deya qo‘shimcha qildi Sallivan.

O‘z navbatida, Milliy xavfsizlik Kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ham Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlarga qarshi zarbalar harakatning birinchi bosqichi ekanini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi Suriya va Iroqdagi 85 dan ortiq nishonga zarba bergani, bu havo hujumlari Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli “Al-Quds” maxsus kuchlari va unga aloqador guruhlarga qarshi qaratilganini bildirgandi. Keyinchalik Suriya va Iroq o‘z hududlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan berilgan zarbalarni qoraladi. Iroq hujumlarda halok bo‘lganlar xotirasiga butun mamlakat bo‘ylab motam e’lon qildi.

Azizbek Abdullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron Yaqin Sharq Jeyk Sallivan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing