AQSH Erondan yadro dasturidan butunlay voz kechishni talab qilmoqda
Olam
−
24 mart
2252Qo‘shma Shtatlar Eronning yadro dasturidan butunlay voz kechishiga intilmoqchi. Bu haqda AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts CBS News telekanalining “Face the Nation” dasturida so‘z ochdi.
“Eron o‘z dasturidan butun dunyo ko‘radigan tarzda voz kechishi kerak, aks holda "oqibatlar" bo‘ladi. Agar Eron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, butun Yaqin Sharq qurollanish poygasiga botgan bo‘lardi”, dedi Uolts.
Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasida diplomatiya uchun imkoniyatlar hali ham mavjudligini ta’kidladi.
Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox Business Network” telekanaliga bergan intervyusida Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yo‘llagani va Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv tuzishni afzal ko‘rishini ta’kidlagan edi.
“Eron muzokara qilmasa, bu uning uchun juda yomon bo‘ladi. Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak. Boshqa variantlar ham bor”, dedi Amerika rahbari.
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa Tehron bosim ostida AQSH bilan muzokara olib borish niyatida emasligini yana bir bor ta’kidladi.
LiveBarchasi