AQSH-Eron: urushga bahona topildi. Putinning bunga munosabati
Olam
−
21 iyun 2019
24012AQSH fuqarolik aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan razvedka droni Eron tomonidan urib tushirildi.
Vashington bu holatni tojavvuzga tenglashtirib, dron xalqaro havo hududida bo‘lganini ta’kidladi. AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 20 iyun kuni o‘zining tvitterdagi sahifasida “Eron juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi”, deb post qoldirdi.
Rasmiy Tehron bergan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH fuqarolik aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan razvedka droni Eron havo sarhadlarini buzib kirganligi uchun urib tushirilgan.
Eron Saudiya Arabistonini “agressiv hattiharakatlarni amalga oshirayotganlikda” ayblab chiqdi. Ular rasmiy Ar-Riyod o‘z hamkorlari bilan rasmiy Tehronga nisbatan keyingi munosabatlarini muhokama qilishayotganini aytishmoqda. Rossiya esa tomonlarni bosiqlikka chaqirayapti.
“AQSH muammoni hal etishda qurolli kuchlaridan foydalanishini istisno etmayapti. Men bu vaqtda mintaqaga minimal darajadagi falokat xavf solayotganini aytmoqchiman. Lekin o‘ylaymanki, tomonlar bunday urinishlar katta ehtimol bilan achinarli oqibatlarga olib kelishini o‘ylab ko‘radi”, deb aytib o‘tdi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin.
LiveBarchasi