AQSH Eron nishonlariga zarba berish rejasini tasdiqladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya va Iroqdagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi. Bu qaror Amerika bazasiga uyushtirilgan hujumda uch nafar harbiyning halok bo‘lishiga javoban qabul qilingan. Bu haqda rasmiylarga tayanib, CBS News telekanali xabar berdi

Aytilishicha, zarba berish vaqtini tanlashda AQSH harbiylari ob-havo sharoiti va ko‘rish darajasiga e’tibor qaratadi. Rasmiylarning fikriga ko‘ra, bu tinch aholining tasodifiy o‘limining oldini oladi.

"Biz mintaqada mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlashda davom etamiz, ammo biz Qo‘shma Shtatlar, manfaatlarimiz va xalqimizni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz", deydi AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Qayd etilishicha, bir kun avval “Kataib Hizbulloh” yarim harbiylashgan guruhi amerikalik harbiylarga qarshi operatsiya to‘xtatilganini e’lon qilgan. O‘sha paytdan boshlab, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH harbiy bazalariga yangi hujumlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Suriya-Iordaniya chegarasi yaqinidagi AQSH harbiy bazasiga qilingan dron hujumi oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan edi. Hujum uchun javobgarlikni Iroq qarshiligi deb atalgan guruh o‘z zimmasiga oldi. AQSH esa o‘z askarlarining o‘limida Eronni aybladi. Prezident Bayden bunga o‘zi mos deb hisoblagan vaqtda va darajada javob qaytarishga va’da berdi. Tehron esa hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Jo Bayden qarshi javob choralarini ishlab chiqishni buyurgani, ehtimoliy takliflar qatorida Iroq va Suriyadagi Eron harbiy xizmatchilariga hujum ham ko‘rib chiqilayotganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Jo Bayden Lloyd Ostin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made