AQSH Eron kemasiga kiberhujum uyushtirdi – NBC 

Olam

image

AQSH Qizil dengizdagi kemalarda razvedka ma’lumotlarini yig‘ib, husiylarga uzatayotgan Eron kemasiga kiberhujum uyushtirdi. Bu haqda uch amerikalik rasmiyga tayanib, NBC News xabar berdi. 

Telekanal suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, bu Vashingtonning yanvar oyi oxirida Iordaniyadagi AQSH harbiy-havo bazasiga qilingan hujumga javobining bir qismidir.

Manbalarning ta’kidlashicha, Eron kemadan Yaman husiylariga hujumlarini samaraliroq qilish uchun maqsadli ma’lumotlarni uzatishda foydalanmoqda. Rasmiylardan birining aniqlik kiritishicha, kiberhujum Eronning MB Behshad kemasiga amalga oshirilgan.

Qayd etish joizki, G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri Amerika bazalariga hujumlar soni ortgan. Pentagon yanvar oyi boshida ma’lum qilishicha, bu davrda Amerikaning Suriya va Iroqdagi harbiy bazalariga 130 marta hujum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 3 fevralga o‘tar kechasi AQSH Eronning Iroq va Suriyadagi nishonlariga javob zarbalarini bergandi. Markaziy qo‘mondonlikning aniqlik kiritishicha, harbiylar 85 dan ortiq nishonga hujum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing