AQSH endi Ukraina uchun pul sarflamaydi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp endi Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish uchun pul sarflamasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 25 avgust kuni Oq uydagi brifingda so‘z ochdi.

“Biz Ukrainaga hech qanday pul to‘lamayapmiz... Endi biz hech qanday pul yo‘qotmayapmiz. Endi biz NATOga qurol sotyapmiz, chunki NATO mening sharofatim bilan, (mudofaa) xarajatlarini 5 foizga oshirishga rozi bo‘ldi”, dedi Tramp.

19 avgust kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Tramp ma’muriyatining xuddi shunday strategiyasi haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “endi Ukrainaga qurol bermayapti, pul ham bermayapti”.

AQSH Prezidenti, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari o‘rtasidagi 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng “Financial Times” gazetasi Ukraina Yevropa ittifoqchilari hisobiga “xavfsizlik kafolati olish bo‘yicha kelishuv doirasida” Amerika qurollarini 100 milliard dollarga sotib olishga va’da bergani haqida xabar berdi.

Bundan tashqari, Kiyev va Vashington Ukraina kompaniyalari bilan birgalikda dron ishlab chiqarish bo‘yicha 50 milliard dollarga alohida bitim tuzadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing