AQSH e’tiborini Ukraina urushidan Tayvanga qaratishi mumkin – OAV

Olam

image

Tayvan atrofidagi vaziyatning ehtimoliy keskinlashishi AQSH rasmiylarini Ukrainadagi mojaro haqida unutib, e’tiborini ushbu mintaqaga qaratishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yevropaning yuqori martabali diplomatlaridan biri shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda “Politico”.

“Eng yomon ssenariyda, AQSH o‘z e’tiborini Ukrainadan Xitoy bilan Tayvan keskinligiga qaratadi”, degan diplomat.

Diplomatik doiralar vakili, shuningdek, orol atrofidagi vaziyat NATOda xavotir uyg‘otmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u Yevropa yetakchilari vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishini qo‘shimcha qilgan. Ularning fikricha, Vashington va Pekin o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi ehtimoli bor.

Vashington va Pekin munosabatlaridagi Tayvan masalasi Ukrainadagi vaziyat fonida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Xitoy tarixiy va siyosiy sabablarga ko‘ra Qo‘shma Shtatlardan uning ichki ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda. Vashington “yagona Xitoy tamoyili”ga rasman rioya qilib, Taypey bilan diplomatik aloqalarga ega emas. Biroq shunga qaramay nafaqat orol bilan aloqalarni saqlab qolgan, balki u yerga muntazam ravishda qurol yetkazib beradi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Osiyoga safari chog‘ida Xitoy o‘z hududi deb hisoblovchi Tayvanga ham borishi mumkinligi Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yana keskinlashishiga sabab bo‘lyapti. Xitoy tomoni bunday harakatlardan tiyilishga chaqirib, ogohlantirish bilan chiqdi.

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan. 

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 

AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing