AQSH dunyodagi eng yirik olmos qazib oluvchi rus kompaniyasiga sanksiya kiritdi

Olam

image

AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning olmos qazib oluvchi “Alrosa” kompaniyasiga qarshi sanksiyalarni kengaytirib, uning aktivlarini blokirovka qilishni buyurdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

“Alrosa”dan tashqari, 28 ta tegishli yuridik shaxslar blokirovka qiluvchi sanksiyalar ostida qoldi. Ularning orasida “Almaz” va “Rubin” konstruktorlik byurolari, “Admiralteyk kemasozlik zavodlari” kemasozlik zavodlari, “Sevmash” zavodi bor.

Shuningdek, sanksiyalar  “Birlashgan Kemasozlik korporatsiyasi” va uning direktorlar kengashiga kiruvchi sakkiz boshqaruvchisi ham taqiqqa uchragan.

“Alrosa” dunyodagi eng yirik olmos qazib oluvchi kompaniya bo‘lib, jahonda ishlab chiqarilgan olmosning 28 foizi shu kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021 yilda “Alrosa” daromadi 4,2 milliard dollardan oshgan. Kompaniya aksiyalarining 60 foizdan ortig‘i davlatga tegishli.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga uning ayblanuvchilari bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing