AQSH demokratiya sammitiga O‘zbekistonni taklif qilmadi

Olam

image

AQSH joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Demokratiya sammiti”da ishtirok etish uchun  taklif etilgan 110 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.

Qayd etilishicha, sobiq SSSR davlatlari orasida Ukraina, Armaniston, Gruziya, Moldova, Litva, Latviya va Estoniya taklif etilganlar ro‘yxatidan joy olgan. Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Ozarbayjon esa ishtirokchilar orasida qayd etilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Vashington joriy yilning 9-10 dekabr kunlari videokonferensaloqa orqali mamlakat rahbarlari, huquq himoyachilari va ishbilarmonlar ishtirok etadigan “Demokratiya sammitiga” mezbonlik qiladi.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH tomonidan tashkil etiladigan sammit “odamlarni, davlatlarni demokratik va nodemokratiklikka ajratish”ga qaratilganini aytgandi. Uning fikricha, bunday sammitga ko‘plab davlatlarni taklif qilish orqali Amerika o‘z harakatlarini ommaviyligini ko‘rsatishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

540

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing