AQSH Davlat kotibi mayda Ukrainaga borishi mumkin. Bundan maqsad nima? 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken joriy yilning may oyida Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.  

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Blinkenning Kiyevga tashrifi Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning yozda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuvi munosabati bilan amalga oshiriladi. 

Qayd etilishicha, bu orqali Ukraina tomonining "tashvishi kamaytiriladi". 

"Bayden ma’muriyatining potensial uchrashuvdan bir necha hafta oldin o‘z Bosh diplomatini Ukrainaga yuborishi Vashington ushbu Sharqiy Yevropa davlatini qo‘llab-quvvatlashi va uni ittifoqchi sifatida qadrlashi to‘g‘risida aniq signal beradi", deb xabar bergan telekanal. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden iyun oyida uchrashishi mumkin, ammo yakuniy qaror ko‘plab omillarni hisobga olib, qabul qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing