AQSH Davlat kotibi karantinga olindi
Olam
−
17 dekabr 2020
2967AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo koronavirus yuqtirgan odam bilan muloqotda bo‘lgani sababli o‘zini izolyatsiya qilmoqda. Bu haqda Davlat departamenti vakiliga asoslanib xabar berilgan.
"Davlat kotibi koronavirusga test topshirdi, manfiy natija qayd etildi", deya qo‘shimcha qilgan amerikalik diplomat.
Biroq, shifokorlarning tavsiyalariga amal qilgan holda, Pompeo o‘zini izolyatsiya qilgan va uydan ishlashda davom etmoqda.
Avvalroq, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Julianining koronavirusga topshirgan testida musbat natija qayd etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyining boshida Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda ham koronavirus aniqlangan edi.
Noyabr oyi oxirlarida esa Donald Trampning katta o‘g‘li kichik Donald Tramp koronavirusga chalingani haqida ma’lumot berilgan.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 17 milliondan oshgan. 307 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr