AQSH butun dunyodagi harbiylarini qayta joylashtiradi

Olam

image

Pentagon AQSH harbiy kuchlarining dunyo bo‘ylab joylashishini tahlil tarzda qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda mamlakatning yangi Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qilgan. Uning bayonoti Pentagon veb-saytida e’lon qilingan. 

“Hisobotda Bosh qo‘mondonga armiyani milliy manfaatlarga muvofiq ravishda taqsimlash bo‘yicha o‘z maslahatim aks ettirilgan”, degan Ostin. 

Shu bilan birga, vazir tahlil davomida Pentagon AQSHning ittifoqchilari va sheriklari bilan maslahatlashishini qo‘shimcha qilgan. 

Bayonotda Amerika kuchlarini taqsimlash bo‘yicha aniq biron bir o‘zgarish ko‘rsatilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 22 yanvar kuni AQSH Senati Lloyd Ostin nomzodini Pentagon rahbari lavozimiga tasdiqladi. Ostin Mudofaa vazirligini boshqarayotgan birinchi afroamerikalik hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pentagon

Baholaganlar

235

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing