AQSH Bosh prokurori Apple`ni Rossiya va Xitoy bilan til biriktirishda aybladi
Olam
−
19 may 2020
4631AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr amerika telekommunikatsiya kompaniyasi Apple`ni amerikaliklarni taqib qilishga urinayotgan Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik qilishda aybladi.
“Xitoy va Rossiya hukumatlari keng ko‘lamli ta’qibni amalga oshira olishi uchun Apple ma’lumotlar markazini ko‘chirish maqsadida ushbu davlatlar hukmron doiralari bilan hamkorlik qilayotgani haqida ko‘plab xabarlar keldi”, degan Barr.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya demokratiya himoyachilari yoqlagan ba’zi dasturlarni bloklab qo‘ygan va shu tariqa senzura va bosim uyushtirgan.
Barrning ta’kidlashicha, Apple avtoriat tuzumli davlatlar bilan hamkorlik qilgani sababli, adolat qaror topadigan, inson huquqlari himoya qilinadigan mamlakatlar bilan hamkorlik qilmasligi mumkin emas.
Barr bunga Federal qidiruvlar byurosi Florida shtatidagi aviabazada 2019 yil dekabrda otishma uyushtirgan saudiyalik kursant Muhammad ash-Shamraniy telefoniga kira olgani munosabati bilan to‘xtalib o‘tgan. Telefonda olingan ma’lumotlar hujum terrorchilik maqsadida amalga oshirilganidan darak beradi.
Apple AQSH idoralariga doimiy asosda foydalanuvchilar qurilmalariga kirish imkonini berishni rad etgan, biroq tergov doirasida hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, FQB Apple hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli ash-Shamraniy telefonidagi ma’lumotlarni olish uchun 4 oydan ko‘proq vaqt sarflagan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15