AQSH bosh diplomati “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallasa, nima bo‘lishini aytdi

Jamiyat

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olsa, mamlakat quvg‘indi davlatga aylanadi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken MSNBC telekanaliga bergan intervtyusida shunday fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH toliblarning Afg‘onistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olishi mumkinligidan qattiq xavotirda.

“Biroq, agar bu sodir bo‘lsa, Afg‘oniston quvg‘indi davlatga aylanadi. U o‘zi izlayotgan va “Tolibon”ning aytishicha, ehtiyoj sezilayotgan yordamni olmaydi. Harakat xalqaro yordamni olmaydi”, degan Blinken harakat o‘z bayonotlarida jahon hamjamiyati qo‘llovi zarurligini aytib kelayotganni ta’kidlab.

Avvalroq, “Tolibon” harakat mamlakat chegarasining 90 foizini nazorat qilayotganini ma’lum qilgandi. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Tolibonning davlat chegarasi borasidagi bayonotini “mutlaq yolg‘on”, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

743

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing