AQSH bilan bir stolda o‘tirishning hojati yo‘q – KXDR

Olam

image

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Soy Son Xi, AQSH bilan ehtimoliy sammit haqida xabarlar tarqalayotgan paytda, Pxenyan AQSH tomoni bilan muzokaralarga muhtoj emasligini aytdi. Bu haqda bugun, 4 iyul kuni Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari ta’kidlashicha, Vashington Pxenyan bilan muloqotni faqat AQSHdagi ichki muammolarni hal qilish uchun ko‘rib chiqmoqda. "Koreya-Amerika muloqotini siyosiy inqirozni hal qilish uchun vosita deb hisoblaydigan AQSH bilan bir stolda o‘tirishning hojati yo‘q", dedi Soy Son Xi.

Yuqori darajadagi diplomatning qo‘shimcha qilishicha, “KXDR AQSH tomonidan bo‘lgan uzoq tahdidlarga qarshi aniq strategik choralar ishlab chiqqan”. Ammo u gap aynan nima haqida ketayotganiga oydinlik kiritmagan.

30 iyun kuni Shimoliy Koreya bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarning maxsus vakili Stiven Bigen noyabr oyida AQSHda o‘tadigan Prezidentlik sayloviga qadar Donald Tramp va Kim Chen Inlarning uchrashuqi bo‘lishi dargumon ekanligini ta’kidladi. Avvalroq esa, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In saylovga qadar KXDR va AQSH yetakchilari uchrashuvidan umidvor ekanligini ma’lum qilgan edi.

AQSH va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasidagi ilk tarixiy uchrashuv 2018 yilning 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Kim Chen In va Donald Tramp qo‘shma deklaratsiyani imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing