O‘zbekiston-AQSH Mudofaa vazirlari uchrashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovning Amerika Qo‘shma Shtatlariga safar qilishi haqida ma’lum qilgan edik.

Kecha, 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mark Esper bilan uchrashdi.

Esper o‘zbekistonlik hamkasbini fevral oyida bu lavozimga kelganidan beri Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk tashrifini o‘tkazayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.

“O‘zbekiston Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim sheriklarimizdan biri. AQSH va O‘zbekiston terrorizm, chegara xavfsizligi va mudofaa masalalarida hamkorlik qiladi”, deb aytib o‘tdi AQSH Mudofaa vaziri.

Shuningdek, Esper hamkorlikda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi uchun o‘quv dasturi ishlab chiqilayotganligini ham ma’lum qildi.

“O‘zbekiston nafaqat Afg‘onistonda, balki Mississipi milliy gvardiyasining hamkorlik dasturi bo‘yicha ham muhim sherik hisoblanadi. Biz hamkorlikning yangi yo‘llarini izlayapmiz va bugun buni muhokama qilamiz”, deb aytib o‘tdi Esper.

O‘z navbatida Bahodir Qurbonov Esperga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, bugungi tashrif O‘zbekiston va AQSH Prezidentlarining 2018 yil may oyidagi uchrashuvining mantiqiy davomi ekanligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Bahodir Qurbonov Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing