AQSH Belarusga qarshi sanksiya joriy qildi
Olam
−
04 fevral 2022
7347Amerika Qo‘shma Shtatlari Belarus hukumatining “ko‘p sonli” vakillariga viza cheklovlari joriy qilmoqda.Vashingtonga ko‘ra, ular “chet elda dissidentlarni ta’qib qilish”da ishtirok etmoqda. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
“Davlat departamenti ma’muriyat o‘tgan yili e’lon qilgan transmilliy repressiyaga qarshi kurash vositasi bo‘lgan “Qoshiqchi taqiqi” doirasida Belarus fuqarolari uchun viza cheklovlarini joriy qilmoqda”, deyiladi bayonotda.
Blinkenga ko‘ra, ushbu harakatlar ayrim Belarus fuqarolariga nisbatan “dissidentlarga qarshi jiddiy ekstraterritorial harakatlar”ga aloqadorliklari uchun ko‘rilmoqda.
Davlat departamenti “bunday ma’lumotlarning maxfiyligini” asoslab, Vashingtonning yangi viza sanksiyalari ostida qolgan Belarus vakillari ismini aytishdan bosh tortgan.
“AQSH qonunchiligiga ko‘ra, viza yozuvlari maxfiy hisoblanadi. Biz ushbu chora qo‘llaniladigan aniq shaxslarni ko‘rsatadigan tafsilotlarni bera olmaymiz”, degan Davlat departamenti vakili.
Blinkenning bayonotiga ko‘ra, Pekin Olimpiadasi boshlanishiga to‘g‘ri kelgan sanksiyalar belaruslik sportchilarni ta’qib qilganlik uchun javobgarlik chorasi sifatida qo‘llanilmoqda.
Ta’kidlanishicha, sanksiya mexanizmi “Washington Post” jurnalisti Jamol Qoshiqchi xotirasiga atalgan. U 2018 yil oktyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni konsulligida o‘ldirilgan.
LiveBarchasi