AQSH Baku va Yerevan o‘rtasida vositachilik qildi

Olam

image

Kecha, 1 may kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan Vashington chekkasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken vositachiligida uchrashdi. Bu haqda vazirliklarning matbuot xizmatlari xabar berdi.

Shu tariqa AQSH poytaxtida Yerevan va Baku o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvga oid navbatdagi muhokamalar raundi bo‘lib o‘tdi. Blinken Vashington chekkasida joylashgan Arlingtondagi Jorj Shuls nomidagi Tashqi ishlar milliy o‘quv markazida dastlab Mirzoyan, so‘ngra Bayramov bilan alohida uchrashgan. Keyin u yerda uch tomonlama yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Armaniston TIV matbuot xizmati mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish masalalari, shuningdek, uch tomonlama formatda Lochin koridorini blokirovka qilish masalalari muhokama qilinganini tasdiqlagan. Biroq hech bir tomoni erishilgan aniq kelishuvlarni ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lochin yo‘lagiga Ozarbayjon tomonidan nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilishi ortidan Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani vaziyatga aralashishga chaqirdi. Bu orada AQSH Yerevan va Bakuga muzokaralarni davom ettirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. Rossiya tomoni esa vaziyatga qo‘p oylik harakatsizlik sabab bo‘lganini aytib o‘tdi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 29 aprelda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga, 30 aprelda esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga telefon qilib, mintaqada tinchlikka erishish imkoni borligi, buning uchun bevosita muloqot va diplomatiya kerakligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ozarbayjon Armaniston Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing