AQSH avvalroq to‘xtatilgan bombalar partiyasini Isroilga yetkazib beradi – WSJ
Olam
−
11 iyul
2825Vashington ma’muriyati yaqinda Isroilga AQSH hukumati tomonidan yetkazib berilishi to‘xtatilgan bomba yuklarini yuboradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, AQSH yahudiy davlatiga og‘irligi 500 funt (taxminan 227 kg) bo‘lgan bombalarni jo‘natadi. Ularni yetkazib berish may oyida Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujumi tufayli to‘xtatilgan edi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bombalar partiyasi “jo‘natish jarayonida”. O‘q-dorilar yaqin haftalarda Isroilga yetib kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bayden 9 may kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSH Rafahda yirik harbiy operatsiya o‘tkazsa, Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishini aytgandi. Shu kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Vashington Rafah atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq holda yahudiy davlatiga qisqa muddatli harbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rib chiqayotganini tushuntirdi. Uning bayonotlaridan ma’lum bo‘lishicha, yuqori quvvatli havo bombalarini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.
LiveBarchasi