AQSH avgustgacha 300 million aholisini koronavirusga qarshi emlaydi 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida joriy yilning iyul oyi oxiriga qadar 300 million amerikalik koronavirusga qarshi emlanadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Jo Bayden ma’lum qilgan.

Bayden shu vaqt ichida 300 million kishi ikki yoki bitta dozada emlanishiga aniqlik kiritmagan. 

AQSHda Pfizer va Moderna kompaniyalari vaksinalari tasdiqlangan. Ular ikki dozada emlashni o‘z ichiga oladi. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH aholisi taxminan 330 million kishini tashkil qiladi. 

Amerikada hozirgacha 27,4 mln kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 475 ming kishi ushbu kasallik qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

21

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing