AQSH asr yetakchiligi uchun muhim pallada turibdi – Bayden

Olam

image

AQSH XXI asr yetakchiligi uchun boshqa davlatlar bilan raqobatda g‘alaba qozona oladimi? Kelgusi bir necha yilda shu savolga javob topiladi. Bu fikrni Amerika Prezidenti Jo Bayden bildirdi va Qo‘shma Shtatlar uchun bu masalada hal qiluvchi daqiqa kelganini ta’kidladi.  

“Men haqiqatan ham ishonamanki, 50 yil o‘tgach, tarixchilar bu lahzani, so‘nggi ikki yilni va keyingi to‘rt-besh yilni o‘rganadi va Amerika XXI asr uchun raqobatda g‘alaba qozondimi yoki yutqazdimi, shuni hal qilishadi”, degan Amerika rahbari. 

Shundan so‘ng Bayden xalqaro hamjamiyat oldida turgan turli muammolarni AQSH bo‘lmasa, yana kim hal qilishi haqida gapirgan. U shu munosabat bilan Amerika “o‘yinga qaytishi” kerakligini aytgan. 

“Boshqa davlatlarga zarar yetkazishimiz shart emas, biz o‘yinga qaytishimiz kerak. Darvoqe, o‘yinga qaytmasak, Yaqin Sharqdagi inqirozni boshqa kim hal qiladi, Isroil-Falastin masalasi bilan boshqa kim shug‘ullanadi? Bu masalalarning barchasini kim hal qiladi?”, degan Oq uy rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, Bayden Qo‘shma Shtatlar Pekin Olimpiadasiga delegatsiya yuboradimi yoki yo‘qmi, degan savolga bergan javobi bilan jurnalistlarni hayratda qoldirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing