AQSH armiyasining sobiq zobiti Rossiyaga ayg‘oqchilik qilganini tan olgan

Olam

image

AQSHda ayg‘oqchilikda ayblangan Qurolli kuchlar maxsus bo‘linmasining iste’fodagi xodimi Piter Rafayel Zibinski Debbins Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik qilganini bir yil avval tan olgan, ammo qamalmagan va ozodlikda qolgan. Bu haqda prokuror mazkur ish bo‘yicha eshituvdan keyin ma’lum qilgan, deya xabar berdi “The Washington Post” gazetasi.

AQSH armiyasining maxsus bo‘linmasi zobiti o‘tgan haftada hibsga olingandi. U rus harbiy razvedkasi bilan til biriktirib, ayg‘oqchilik qilishda ayblanyapti.

“Ayblanuvchi yuqori darajadagi xorijiy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilganini tan oldi. Davlat razvedka boshqarmasi bilan”, degan prokuror yordamchisi Tomas Treksler.

Hukumat taxminiga ko‘ra, Zibinski Debbins 1996-2011 yillarda rus razvedkasi bilan ishlagan. Trekslerning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi o‘ta maxfiy ma’lumotlar bilan tanishishi imkoniyatiga ham ega bo‘lgan.

Debbins 2019 yil iyul oyida Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik qilganini tan olgan. Ammo o‘shanda hukumat uni qo‘lga olmaslikka qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, ayblanuvchining onasi SSSRda tug‘ilgan. U esa bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini Chelyabinskka safari vaqtida uchratgan. Ular 1997 yilda turmush qurgan.

Debbins harbiy xizmat qilgan vaqtda avval maxfiy, keyinroq o‘ta maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish huquqiga ega bo‘lgan.

1998 yilda u Janubiy Koreyaga yuborilgan, keyin AQSHning Ozarbayjon va Gruziyadagi maxsus topshiriqlar bo‘linmasida xizmat qilgan.

2008 yilda u iste’foga chiqqan. Ammo bir necha yil davomida Rossiya harbiy razvedkasi bilan aloqalarini saqlab qolgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya ayg'oqchilik

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing