AQSH armiyasi Xitoy bilan urushga tayyor emas – sobiq general

Olam

image

Iste’fodagi amerikalik general Jek Kin AQSHning Xitoy bilan urushga tayyormasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Fox Business” telekanali xabar berdi.

“AQSH armiyasi Xitoy bilan urushga yetarlicha tayyor emas. Mintaqada samarali harbiy to‘xtatuvchi kuchimiz yo‘q. Xitoyda AQSHdan ko‘ra ko‘proq kema, samolyot va raketalar bor”, deydi Jek Kin.

Kinning fikricha, Tayvan ham Pekin bilan mojaroga yetarlicha tayyor emas.

Tayvan atrofidagi vaziyat o‘tgan yilning avgust oyi boshida, AQSH Kongressi Vakillar palatasining o‘sha paytdagi spikeri Nensi Pelosi orolga tashrif buyurganidan so‘ng sezilarli darajada keskinlashgan. Tayvanni o‘z viloyatlaridan biri deb bilgan Xitoy bu tashrifni Vashingtonning Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlashi deb baholagan. So‘nggi oylarda Pekin doimiy mashg‘ulotlar bilan Tayvan qirg‘oqlari yaqinida o‘z harbiy imkoniyatlarini kuchaytirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing