AQSH amerikaliklarni zudlik bilan Ukrainadan “surish”ga chaqirdi
Olam
−
11 fevral 2022
10407AQSH Davlat departamenti kecha, 10 fevral kuni Ukrainadagi amerikaliklarga ushbu mamlakat hududini zudlik bilan tark etishni tavsiya qildi. Bu haqda Davlat departamenti xabar berdi.
“Rossiyaning harbiy harakatlari tahdidi kuchayganligi sababli, shuningdek, COVID-19 tufayli Ukrainaga bormaslik tavsiya etiladi. Ukrainadagilar tijorat yoki shaxsiy transportda u yerdan chiqib ketishi kerak”, deyiladi xabarda.
Ukrainada qolishga qaror qilgan Amerika fuqarolari uchun AQSH Tashqi ishlar vazirligi vaziyat keskinlashgan taqdirda “jinoyatchilik, fuqarolik tartibsizliklari va ehtimoliy harbiy harakatlar bilan bog‘liq holda ehtiyot bo‘lishni” tavsiya qiladi. Xabarda, shuningdek, AQSH rasmiylari “Rossiya Ukrainaning istalgan joyida harbiy harakatlar sodir etsa, Amerika fuqarolarini evakuatsiya qila olmasligi” qayd etilgan.
“Harbiy harakatlar istalgan vaqtda va ogohlantirishsiz boshlanishi mumkin, bu elchixonaning konsullik xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan, Ukrainadan chiqib ketayotgan AQSH fuqarolariga yordam ko‘rsatish qobiliyatiga jiddiy ta’sir qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan Davlat departamenti.
Joriy yilning yanvar oyi oxirida AQSH Davlat departamenti Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi xodimlarining oilalariga Ukrainani tark etishni buyurdi, shuningdek, diplomatik vakolatxona xodimlarining bir qismiga bunga ruxsat berdi. Shundan so‘ng Davlat departamenti amerikalik fuqarolarga “Rossiyaning harbiy harakatlari tahdidi kuchaygani” sababli Ukrainaga bormaslik tavsiya etilganiga aniqlik kiritdi. Shu bilan birga, rasmiylar Ukrainadagi amerikaliklarga “ketish masalasini ko‘rib chiqishni” maslahat berdi.
LiveBarchasi