AQSH “Al-Qoida” yetakchisiga hujum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH harbiylari Suriyaning shimoli-g‘arbida “Al-Qoida” guruhi rahbarlaridan biriga hujum qildi. Bu haqda Pentagon Matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi. 

U AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligining Idlib shahri yaqinidagi havo hujumi uchun javobgarlikni tan olgan ma’lumotlariga ishora qilgan. 

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, maqsadga erishildi. Hozircha tinch aholi qurbonlari borasida dalillar yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan Kirbi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Al-Qoida” ning uch jangchisi ketayotgan mashinaga dron bilan hujum qilingan. 

AQSH Mudofaa vazirligi Razvedka boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Skott Berrega ko‘ra, bu guruhga o‘z salohiyatini tiklash va Amerikaga yana tahdid qila boshlash uchun bir-ikki yil kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh hujum

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing