AQSH Afg‘onistondan ketar chog‘i barcha texnikalarni yaroqsiz holatga keltirdi

Olam

image

AQSH harbiylari Afg‘onistonni tark etishdan oldin Qobul aeroportidagi harbiy texnikalarni ishdan chiqarib, yaroqsiz holga keltirdi.  Ayrim harbiy vositalarni esa mamlakatdan olib chiqib ketdi. Bu haqda "InfoResist" nashri AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari Kennet Makkenziga asoslanib xabar bermoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportni himoya qilish uchun ishlatilgan 73 ta samolyot, minadan himoyalovchi 70 ga yaqin zirhli mashina va 27 ta HMMWV qo‘shinlari, shuningdek, raketalarga qarshi mudofaa tizimi, artilleriya va minomyotlar buzib tashlangan yoki ishdan chiqarilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan texnikalar yaroqsiz holatda. 

“Bu samolyotlar biz ketganimizdan keyin boshqa uchmaydi. Hech kim ularni hech qachon boshqara olmaydi.
Ularning ko‘pi ilgari harbiy missiyalarda qatnashmagan, lekin ular endi ucha olmaydilar”, degan Makkenzi. 

Avvalroq, AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zosi va Harbiy-dengiz flotining sobiq qo‘riqchisi Jim Benks o‘zining Twitter’dagi sahifasida “Tolibon” mamlakatning 85 milliard dollarlik harbiy texnikasini o‘zlashtirib olganligini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi amerikaliklarni evakuatsiya qilishni yakunlab, barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Shu tariqa AQSHning 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Afg‘onistonda boshlagan harbiy missiyasi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

777

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing