AQSH Afg‘onistondan chiqsa, uning o‘rnini kim to‘ldiradi?
Olam
−
11 Sentabr 2020
10037Avval xabar berganimizdek, afg‘onlararo tinchlik muzokaralari joriy yilning 12 sentyabridan boshlanadi. Agarda tomonlar yakdil qarorga kelishga muvaffaq bo‘lsa, Afg‘onistonda uzoq kutilgan tinchlikka erishiladi.
Bundan tashqari, kelishularga ko‘ra, AQSH Afg‘onistondagi harbiylarini olib chiqib ketishi kerak bo‘ladi. Amerika Prezidenti Donald Tramp allaqachon qo‘shinlarni qaytarish harakatini boshlagan.
Ho‘sh, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilib, AQSH bu mintaqani tark etsa, uning o‘rnini kim to‘ldiradi?
Rossiyalik sharqshunos va siyosatchi Aleksey Malashenkoning fikricha, AQSH o‘lkani tark etgach, bu yerda eng avvalo O‘zbekiston, Turkiya va Xitoy siyosiy jihatdan faollashadi.
Malashenko AQSH va "Tolibon" o‘rtasidagi kelishuvga hozircha har ikki tomon ham amal qilayotganini ta’kidladi. Ammo “Tolibon” tarkibida kelishuv shartlaridan norozi bo‘lgan guruhlar ham bor.
Bundan tashqari, Kobuldagi Hukumat orasida bir-biri bilan kelisha olmaydigan kuchlar mavjud. Siyosatchi avvalo Afg‘onistonni rasman ikkita Prezident boshqarayotganini eslatgan.
Avvalroq, O‘zbekiston afg‘onlararo tinchlik muzokaralarining bir turini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgandi.
LiveBarchasi