AQSH Afg‘onistondagi askarlarini chiqarishni boshladi
Olam
−
10 mart 2020
6242Kecha, 9 mart kuni AQSH Afg‘onistondan askarlarini olib chiqib keta boshladi. Bu haqda Amerikanig Afg‘onistondagi kontigenti vakili Sonni Lejjett ma’lum qildi, deya xabar berdi AP.
135 kun davomida AQSH harbiylari soni 8600 nafargacha qisqartiriladi. Shunga qaramay, amerika askarlari “Al-Qoida” va ISHIDga qarshi kurash hamda hukumat xavfsizlik kuchlariga yordam berish uchun Afg‘onistonda qoladi.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda NATOning 13 ming askari mavjud. Ularning 8 mingga yaqini AQSH harbiylari.
Eslatib o‘tamiz, AQSH va “Tolibon” joriy yilning 29 fevralida bitim imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH o‘z harbiylarini Afg‘onistondan olib ketish, “Tolibon” esa hukumat bilan muzokaralarni boshlash majburiyatini oldi. Majburiyatlar bajarilsa, AQSH 14 oy ichida Afg‘onistondan harbiylarini olib ketadi.
Bundan tashqari, Afg‘oniston hukumati va “Tolibon”ning 5 ming nafar asirini, toliblar esa ming nafar asirni ozod qiladi. Asirlar ozod qilingach, “Tolibon” radikal harakati va hukumat o‘rtasida muzokaralar boshlanadi.
LiveBarchasi