AQSH aholisining yarmi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi 

Olam

image

Amerikaliklarning yarmi koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda Oq uyning pandemiya statistikasi bo‘yicha direktori doktor Sayrus Shahpar o‘zining Twitter sahifasida xabar bergan. 

“7 kun ichida o‘rtacha emlanganlar soni o‘tgan haftaga nisbatan 11 foizga, oxirgi 2 haftada esa 44 foizga oshdi. Hozirda amerikaliklarning 50 foizi (barcha yoshdagilar) to‘liq emlangan”, degan u. 

Ba’zi shtatlarda koronavirusga qarshi emlangan amerikaliklarning har biriga 100 dollardan beriladi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, kichik va o‘rta biznes o‘z xodimlariga emlash uchun pulli dam olish vaqtini berganiga to‘liq kompensatsiya oladi. 

Bundan oldin, Bayden COVID-19 ga qarshi emlanganlar uchun 100 dollar to‘lashni taklif qilgandi. O‘sha paytda mamlakatda 160 milliondan ortiq odam emlangan edi. 

Bundan tashqari, Amerika rasmiylari fuqarolarni boshqa yo‘llar bilan ham emlashga undagan. Joriy yilning may oyi oxirida Ogayo shtatida yashovchi Ebigeyl Bugenske koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlar orasida birinchi lotereya g‘olibi bo‘lgan va 1 million dollar yutib olgan. 

Avvalroq, AQSH dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlariga 110 million dozadan ortiq COVID-19 vaksinalarini xayriya qilgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh vaktsina

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing