AQSH 2023 yilda ommaviy qotilliklar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Olam

image

2023 yilda Qo‘shma Shtatlarda qurbonlar bilan kamida 38 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi, bu 2006 yildan beri eng ko‘p ko‘rsatkich. Bu haqda “Washington Post” nashri xabar berdi. 

Nashr “ommaviy qotillik” atamasini, hujumchilarning o‘zlarini hisobga olmaganda, to‘rt yoki undan ortiq odam o‘ldirilgan voqealarga nisbatan qo‘llagan. 2023 yilda bunday epizodlarning umumiy soni 38 tani tashkil etgan bo‘lsa, avvalgi rekord bir yil avval qayd etilgan – o‘shanda mamlakatda 36 ta ommaviy otishma qayd etilgan. 

Umuman olganda,  2023 yilda AQSHdagi otishmalar oqibatida kamida 197 kishi halok bo‘lgan va 91 kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 2006 yildan beri shunga o‘xshash vaziyatlarda vafot etganlar soni allaqachon 2423 nafarga etgan. 

Nashr ta’kidlaganidek, o‘qotar quroldan ommaviy otishmalar soni 2019 yilda ko‘paygan, so‘ngra COVID-19 pandemiyasi davrida biroz kamaygan, keyin esa hayot normal holatga qaytishi bilan yana ko‘paygan. Ushbu tendensiyaning sabablarini tushuntirar ekan, gazeta, mutaxassislarga tayanib, bu AQSHda o‘qotar qurollarga borgan sari oson erishish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini urg‘ulaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7500 manbadan mamlakatdagi qurolli hodisalar haqida har kuni ma’lumot to‘playdigan Gun Violence Archive 2023 yilning yanvar – sentyabr oylarida AQSHda qurolli zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni 1324 nafarga yetganini e’lon qilgandi. O‘ldirilgan bolalar orasida o‘zbekistonlik 15 yashar Faridun Mavlonov ham bor. U joriy yilning 17 iyul kuni Nyu-York shahri Bruklin tumanida tasodifan otib o‘ldirilgan


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made