AQSH husiylarning dengiz dronlariga zarba berdi

Olam

image

AQSH harbiylari Yamandagi husiylarning ikkita harbiy-dengiz dronini o‘qqa tutdi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

CENTCOM’ga ko‘ra, dronlar AQSH harbiy kemalari va boshqa savdo kemalariga tahdid solgan. Operatsiya 5 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 15:30 da amalga oshirilgan.

“AQSH Markaziy qo‘mondonligi kuchlari o‘zini himoya qilish maqsadida husiylarning ekipajsiz ikkita portlovchi qurilmasiga zarba berdi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etish joizki, G‘azo sektorida mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirish va urush tugagunga qadar ular bilan bog‘liq kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga yo‘l qo‘ymasliklarini bildirgan. Husiylar o‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan beri Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab fuqarolik kemalariga hujum qilgan.

Bunga javoban AQSH, Bahrayn, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Fransiya kabi davlatlar husiylarga qarshi “Prosperity Guardian” (“Farvonlik qo‘riqchisi”) operatsiyasini e’lon qildi. AQSH va Buyuk Britaniya bir necha bor qo‘shma operatsiya o‘tkazib, Yaman hududidagi nishonlarga zarba berdi. Bundan tashqari, AQSHning o‘zi ham husiylar nishonlariga hujum qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari 4 fevral kuni ham Yamanga bir qator zarbalar berib, husiylarning beshta qanotli raketalarini nishonga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing