AQSH hech qachon Qrimni Rossiya deb tan olmaydi – Bayden 

Olam

image

Rasmiy Vashington hech qachon Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmaydi. AQSH Prezidenti Jo Bayden shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati. 

Amerika rahbarining ta’kidlashicha, AQSH “yarimorolni Rossiya tomonidan maqsadli ravishda qo‘shib olinishini hech qachon tan olmaydi” va Moskvaning “tajovuzkor harakatlariga qarshi” Ukraina bilan yonma-yon turadi. 

Unga ko‘ra, Amerika tomoni “Rossiyaning Ukraina hududidagi suiiste’molliklari va tajovuzkorligi uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlarni” davom ettiradi. 

“AQSH mojaroning boshidan hozirgacha Ukraina va boshqa ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Biz sizga oddiy haqiqatni eslatib qo‘ymoqchimiz: Qrim bu – Ukraina”, deyilgan AQSH Prezidenti bayonotida. 

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimni ishg‘ol etmaslik choralari to‘g‘risida farmonni imzolagandi. 

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yilda Ukrainada boshlangan "Maydon" voqealari vaqtida Rossiya tomonidan egallangan. G‘arb davlatlari RFning bu harakatini suveren davlat hududini anneksiya qilish deb baholab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Qrim Bayden

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing