AQSH harbiylarini kiritgan davlatlar xavfsiz bo‘lib qolmaydi – Rossiya

Olam

image

Sharqiy Yevropa mamlakatlarining AQSH harbiylarini qabul qilish huquqi uchun kurashi ularning xavfsizligini oshirmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengashning yakuniy akti imzolanganiga 45 to‘lgani munosabati bilan bergan bayonotida aytib o‘tdi.

“Biz bugun ko‘rib turganimiz – bu harbiy kuch-qudratni qo‘lga kiritish va o‘z xavfsizligini harbiy kuch bilan ta’minlashga urinish – o‘ta hatarli va hech kimning xavfsizligini ta’minlamaydi. O‘zini front oldida deb hisoblovchi davlatlar Xelsinki akti imzolanganidan 45 yil o‘tib, amerika askarlarini o‘z hududlariga kiritish uchun poygaga kirishib ketdi. Bu Yevropa xavfsizligi masalasida yuzaga kelgan eng inqirozli holatning bosh belgisi”, deydi Grushko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada harbiy ustunlikka intilish “sovuq urush” davridagidek vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin.

“O‘ylashimcha, barcha YeXHT mintaqasida barcha davlatlarning manfaatlarini hurmat qilishga asoslanmagan siyosat samarasiz ekanini tushunishi kerak. Bu mantiqqa zid har qanday harakat Yevropa xavfsizligini barbod qiladi. Ular xavfsizlikni ta’minlamaydi, ammo “sovuq urush”dagidek vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin”, deydi Grushko.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 1 avgust kuni Yevropada xavfsizli va hamkorlik bo‘yicha kengashning yakuniy akti qabul qilinganiga 45 yil to‘ldi. Bu kelishuv “sovuq urush” davrida Yevropada xavfsizlikni ta’minlashda muhim kelishuv bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya xavfsizlik

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing